Valijon Rahimov "Andijon"ni tark etdi

  • 14 iyul, 22:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Yozgi selektsiya ishlarini davom ettirayotgan "Andijon" ayrim o‘yinchilar bilan xayrlashmoqda.

Bungacha Iskandar Shoyqulov bilan shartnoma bekor qilinganligi xususida xabar bergandik, bu safar darvozabon Valijon Rahimov “Andijon” bilan xayrlashganini ma’lum qilamiz.

Klub matbuot xizmati ikki tomonning o‘zaro kelishuviga ko‘ra shartnoma bekor qilinganini bayon etdi.

Rahimov mavsum boshida tarkibimizga qo‘shilgandi va o‘tgan vaqt mobaynida Superligada oltita, O‘zbekiston Kubogida ikkita va bir bor Superkubok o‘yinida maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!