Viktoriya Azarenko Monterreyda qoqildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Monterrey shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "Abierto GNP Seguros" musobaqaning ikkinchi kungi bahslari yakunlandi.

Unda belaruslik tennischi Viktoriya Azarenko sloveniyalik Tamara Zidanshekka qarshi kortga chiqib, kutilmaganda 2:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Quyida boshqa qayd etilgan natijalar bilan tanishasiz:

Shtefani Fogele (Shveytsariya) - Leyla Fernandes (Kanada) - 6/7(5), 2/6

Loren Devis (AQSh) - Nadya Podoroshka (Argentina) - 6/0, 6/3

Katerina Bondarenko (Ukraina) - Sara Sorribes-Tormo (Ispaniya) - 4/6, 6/0, 6/2

Xizer Uotson (Buyuk Britaniya) - Tatyana Mariya (Germaniya) - 6/7(4), 6/3, 5/7

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!