Vinisiusga katta klubdan "dahshatli" taklif bo‘ldi

  • 23 iyun, 2024, 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati jamoani tark etgan Kilian Mbappening o‘rnini bosa oladigan hujumchi qidirishni davom ettirmoqda.

Parijliklar “Real” hujumchisi Vinisius Juniorga qiziqmoqda. Ular braziliyalik futbolchiga taklif yubordi.

Tribal Football nashrining yozishicha, PSJ taklifida futbolchiga har mavsum 50 million evro maosh va turli bonuslar va’da qilingan.

Vinisius mo‘may daromadli chorlovga e’tibor bermadi. U Madridda qolishni ma’qul ko‘rgani aytilmoqda.

Braziliyalik futbolchi yakunlangan mavsumda madridliklar safida Ispaniya chempionligi va Chempionlar ligasi g‘olibligiga sazovor bo‘ldi. Ayni paytda “Oltin to‘p”ga asosiy da’vogarlardan bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!