Vitaliy Denisov chindan ham "So‘g‘diyona"ga o‘tyaptimi? - Rasmiy ma’lumot

  • 18 iyul, 2022, 17:57
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Vitaliy Denisov faoliyatini yurtimizda davom ettirishi borasida xabarlar tarqaldi.

Unda himoyachi "So‘g‘diyona" klubi a’zosiga aylanayotgani aytildi. SPORTS.uz sayti ushbu ma’lumotga aniqlik kiritish maqsadida jizzaxliklar matbuot xizmatiga bog‘landi.

"So‘g‘diyona" klubi matbuot kotibi Oybekning saytimizga ma’lum qilishicha, Denisov ayni paytda Jizzaxda. Shartnoma borasidagi aniq ma’lumotni klub rasmiy sahifalarida chop etilishini bildirdi.

Demak, tez orada tomonlarning o‘zaro kelishuvi borasida rasmiy xabar beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!