
Vitinya: "Dembele "Oltin to‘p"ni olishi kerak"
Vitinya "Oltin to‘p"ni kim olishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Hamma bir kun kelib bu sovrini qo‘lga kiritishni orzu qiladi. Agar men bu mukofotga loyiq ko‘rilsam, bu aql bovar qilmaydigan ish bo‘lardi. Menimcha, bu sovringa shubhasiz Usmon Dembele loyiq. U o‘tgan mavsumda bizni sovrinlar sari etaklagan futbolchi, u "Oltin to‘p" ni qo‘lga kiritishga asosiy nomzod", - dedi PSJ jamoasi yarim himoyachisi.
Eslatib o‘tamiz, 7 avgust kuni "Oltin to‘p" sovrini qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan 30 nafar futbolchini ro‘yxati e’lon qilingan edi. Bu ro‘yxatda parijliklar safidan 9 ta futbolchi joy olgan.
Fikrlar