Vlado Radmanovich: "Abbosbek Fayzullaev va Oston O‘runovlarda kichik jaroxat bor"

  • 14 oktabr, 2024, 12:36
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga "JCh-2026" saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Eron bahsi  bo‘lib o‘tadi. 

Tecno

Ushbu bellashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda Srechko Katanetsning yordamchisi Vlado Radmanovich va futbolchi Odiljon Xamrobekov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

- Avvalo janob Katanetsning o‘rnini bilintirmaslikka xarakat qilamiz. U bilan doimiy aloqada bo‘lib turibmiz. Noyabr oyidagi yig‘inlarda biz bilan bo‘lishini ta’kidladi. Asosiysi, bizni ertaga o‘ta muhim o‘yin kutib turibdi. 

Fikringizga qo‘shilaman, bosh murabbiyning o‘rni alohida. Avvalgi o‘yinda o‘zgarishlar qilishga kech qoldik. Buni ham e’tirof etaman. Katanetsning BAA terma jamoasida ishlagani bizga yordam berishi mumkin. Aynan u ertangi raqibimiz bosh murabbiyi bo‘lgan davrda O‘zbekistonni mag‘lub qila olgan. Raqib haqida etarlicha ma’lumotga egamiz. Lekin u davrdan beri ikkala jamoada ham ko‘p narsa o‘zgardi.

- BAA termasining o‘yinlarini chuqur tahlil qildik. Raqib asosan himoyaga yotib o‘ynaydi. Afsuski, Abbosbek Fayzullaev kechagi mashg‘ulotlarda jarohat orttirib oldi. Oston O‘runovda ham kichik jarohat mavjud. Shifokorlar bilan maslaxatlashib, ularning xolatini kuzatib boramiz.

- Eron Osiyoning kuchli terma jamoalaridan biri. Oxirgi 3 ta o‘yinda biz forslarga mag‘lub bo‘lmadik. Ikkita o‘yinda ularga gol kirita olmaganimiz esa, menimcha, ularda yaxshi shakllangan ximoya qo‘rg‘oni borli bilan bog‘liq. Ular bir necha yillardan beri stabil ravishda o‘yin namoyish etmoqda.

- Vaziyat taqozosi bilan o‘zgarishlarga qo‘l uramiz. Bizda zahira o‘rindig‘ida etarlicha hujumkor futbolchilarimiz bor. Bellashuv borishiga qarab, ularni o‘yinga tashlashimiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кенжаев Мажид
14/10/2024 13:03
Эрон деб адашяпсизлар, БАА дейиш керак эртанги уйинимиз!