Vodiy derbisiga tayyormisiz! "Neftchi" va "Navbahor" o‘yini oldidan prevyu

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Coca Cola Superligasining 22-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Navbahor” Farg‘onada “Neftchi” mehmoni bo‘ladi.

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarining Superliga (oliy liga) bahslarida shu kungacha o‘zaro 55 marta uchrashgan.

Ushbu o‘yinlarning 26 tasida farg‘onaliklar g‘alaba qozongan bo‘lsa, 13 tasida “Navbahor” zafar quchgan, 16 ta bahsda esa klublar durangga imzo chekgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich – 80-54, “Neftchi” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda farg‘onaliklar 94, namanganliklar esa 55 ochkoni qo‘lga kiritgan. 

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarda 4 marta yirik hisob qayd etilgan. “Neftchi” 1995 va 1997 yillarda Namanganda 3:0, 2001 yili esa Farg‘onada 4:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Navbahor” 2004 yili Farg‘onada 3:0 hisobida zafar quchgan.

Mazkur klublar o‘rtasidagi eng sermahsul bahs 2010 yilgi mavsumda Farg‘onada bo‘lib o‘tgan hamda unda darvozalarga 7 ta to‘p kiritilgan. O‘sha o‘yinda “Neftchi” 4:3 hisobida g‘alaba qozongan.  

Ta’kidlash joizki, Farg‘ona jamoasi 2018 yili o‘z tarixida ilk marta Superliga (oliy liga)ni tark etdi va 3 yillik tanaffusdan so‘ng, yana elitaga qaytdi.  

Ushbu jamoalar o‘rtasida Farg‘onada o‘tkazilgan 27 ta uchrashuvning 21 tasida "yo‘lbarslar”, 2 tasida “lochinlar”g‘alaba qozongan bo‘lsa, 4 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati – 53:22, “Neftchi” foydasiga.

Mazkur klublarning birinchi davradagi, joriy yilning 16 may kuni Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsida hisob ochilmagandi – 0:0.    

Jamoalarning o‘zaro barcha o‘yinlari natijalari:   

1992 yil

“Neftchi” – “Navbahor” – 1:0

“Navbahor” – “Neftchi” – 2:0

1993 yil

“Navbahor” – “Neftchi” – 0:0

“Neftchi” – “Navbahor” – 3:2

1994 yil

“Navbahor” – “Neftchi” – 1:1

“Neftchi” – “Navbahor” – 2:1

1995 yil

“Navbahor” – “Neftchi” – 0:3

“Neftchi” – “Navbahor” – 2:1

1996 yil

“Navbahor” – “Neftchi” – 1:0

“Neftchi” – “Navbahor” – 2:1

1997 yil

“Neftchi” – “Navbahor” – 0:0

“Navbahor” – “Neftchi” – 0:3

1998 yil

“Neftchi” – “Navbahor” – 3:1

“Navbahor” – “Neftchi” – 2:2

1999 yil

“Navbahor” – “Neftchi” – 2:1

“Neftchi” – “Navbahor” – 0:2

2000 yil

“Navbahor” – “Neftchi” – 3:3

“Neftchi” – “Navbahor” – 4:1

2001 yil

“Neftchi” – “Navbahor” – 4:1

“Navbahor” – “Neftchi” – 2:0

2002 yil

“Navbahor” – “Neftchi” – 2:1

“Neftchi” – “Navbahor” – 4:2

2003 yil

“Neftchi” – “Navbahor” – 3:1

“Navbahor” – “Neftchi” – 2:0

2004 yil

“Neftchi” – “Navbahor” – 0:3

“Navbahor” – “Neftchi” – 1:1

2005 yil

“Navbahor” – “Neftchi” – 1:0

“Neftchi” – “Navbahor” – 3:0

2006 yil

“Navbahor” – “Neftchi” – 0:2

“Neftchi” – “Navbahor” – 1:0

2007 yil

“Navbahor” – “Neftchi” – 0:1

“Neftchi” – “Navbahor” – 1:1

2008 yil

“Neftchi” – “Navbahor” – 2:1

“Navbahor” – “Neftchi” – 1:0

2009 yil

“Navbahor” – “Neftchi” – 1:1

“Neftchi” – “Navbahor” – 2:0

2010 yil

“Navbahor” – “Neftchi” – 1:1

“Neftchi” – “Navbahor” – 4:3

2011 yil

“Navbahor” – “Neftchi” – 0:2

“Neftchi” – “Navbahor” – 1:1

2012 yil

“Navbahor” – “Neftchi” – 1:0

“Neftchi” – “Navbahor” – 3:0

2013 yil

“Neftchi” – “Navbahor” – 2:0

“Navbahor” – “Neftchi” – 1:1

2014 yil

“Navbahor” – “Neftchi” – 1:1

“Neftchi” – “Navbahor” – 1:0

2015 yil

“Neftchi” – “Navbahor” – 1:0

“Navbahor” – “Neftchi” – 1:0

2016 yil

“Neftchi” – “Navbahor” – 1:0

“Navbahor” – “Neftchi” – 2:1

2017 yil

“Navbahor” – “Neftchi” – 1:1

“Neftchi” – “Navbahor” – 1:1

2018 yil    

“Navbahor” – “Neftchi” – 1:1

“Neftchi” – “Navbahor” – 2:1

2022 yil

“Navbahor” – “Neftchi” – 0:0

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Superliganing 22-turidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Navbahor” o‘yini 18 oktyabr kuni soat 18:30 da Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aziz Yuldashev
17/10/2022 13:06
Ўйин шиддатли бўлади, Нефтчи хам анча ўзига келиб қолган. Омад, кучлиси ютсин.
Muhiddin Turonboev
17/10/2022 13:06
Attang navbahor((