
Voqealarga boy o‘tgan o‘yinda "Real" qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bellingem yana katta sahnada!
La Liganing 3-turidan o‘rin olgan "Selta" - "Real" bahsida madridliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni Bellingem 81-daqiqada boshi bilan urdi. Shuningdek, o‘yinda Rodrigo penaltidan foydalana olmadi, ikkita gol hisobga olinmadi va Vinisius jarohat oldi.
3 ochkoni qo‘lga kiritgan "Real" turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar