Xabi Alonso: Mbappeni zaxiraga o‘tqazib qo‘yaman

  • 20.09.2025 07:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa etakchisi va to‘purari Kilian Mbappe haqida fikr bildirib, frantsiyalik futbolchiga doimiy o‘yin amaliyoti kafolatlanmaganini ma’lum qildi.

Ispaniyalik mutaxassis ayrim uchrashuvlarda Mbappe zaxirada o‘tirishga tayyor bo‘lishi kerakligini aytmoqda.

- Biz juda ko‘p o‘yin o‘tkazishimiz kerak. Hozirgacha beshta o‘yinda maydonga tushdik xolos. Yuklamani qanday qilib to‘g‘ri taqsimlashni bilish kerak.

Kilian juda muhim o‘yinchi, lekin oldinda shunaqa uchrashuvlar borki, uni zaxirada olib qolaman. Har bir xulosaga kelishdan oldin ozgina kutish kerak, - dedi Xabi Alonso.

26 yoshli Kilian Mbappe joriy mavsumda La Liga va Evropa Chempionlar ligasida beshta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga oltita gol va bitta assist rasmiylashtirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!