“Xall Siti” shvetsiyalik futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi

  • 10 avgust, 2017, 13:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Sanderlend” klubi sobiq yarim himoyachisi Sebastyan Larsson faoliyatini “Xall Siti”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

“Yo‘lbarslar” rasmiy saytining xabar tarqatishicha, shvetsiyalik futbolchi yangi jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shilgan. Shartnoma esa bir yilga mo‘ljallangani aytilmoqda.

Qayd etish lozim, 32 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda “Sanderlend” safida 25 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol va 2 ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!