Xokkey. "Binokor" dastlabki finalchiga aylandi
Poytaxtimizdagi "Ice City" arenasida kechgan qarama-qarshilik gollarga boy bo‘ldi va yakunda "quruvchilar" 4:3 hisobida zafar quchishdi. Shu tariqa seriyadagi hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirgan "Binokor" xokkeychilari dastlabki finalchiga aylanishdi.
Ularning finaldagi raqibi "Humo" va "Semurg‘" jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilikdan so‘ng aniqlanadi.
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati. Yarim final
"Toshkent" - "Binokor" 4:5
Seriyadagi hisob: 0-3.



Fikrlar