Xoland gol urishda Ronaldu va Messini dog‘da qoldirdi

  • 27.06.2025 16:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Payshanba oqshomida Erling Xoland Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "Yuventus"ga qarshi o‘yinda gol urdi. Ushbu gol "Manchester Siti" hujumchisi faoliyati davomidagi 300-gol bo‘ldi. Gollar sonini 300 taga etkazish uchun Xolandga 370 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Bu borada norvegiyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Kilian Mbappe kabi yulduzlarni ortda qoldirdi.

554-o‘yinda Ronaldu 300-golni, 418-o‘yinda Messi, 409-o‘yinda Mbappe kiritgan. Agar Xoland shu tempda davom etsa, unda gollar soni bo‘yicha Ronalduni ortda qoldirish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ladi. Krishtianu hozircha 938 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!