Xoland Mbappedan zo‘r chiqib qoldi
2026 yilgi jahon chempionatining Evropa mintaqasi saralash turiniri “I” guruhida etakchilik qilayotgan Norvegiya terma jamoasi qatorasiga ettinchi g‘alabasini nishonladi.
Bu gal norvegiyaliklar o‘z maydonida Estoniya futbolchilari 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Aleksander Syorlott va Erling Xoland ikkitadan to‘p kiritib, jamoasi g‘alabasini ta’minladi.
Erling Xoland xalqaro miqyosdagi gollari sonini 53 taga etkazib oldi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe bilan tenglashdi.
Qiziq tomoni shundagi, norvegiyalik to‘purar bu ko‘rsatkichni qayd etishi uchun frantsiyalik hamkasbidan qariyb ikki baravar kam o‘yin o‘tkazdi. Yanada aniqroq aytsak, Xolad terma jamoadagi 47 uchrashuvda 53 ta gol urdi. Mbappe bu ko‘rsatkich uchun 93 ta bahsda qatnashishiga to‘g‘ri kelgan.
Xoland jahon chempionati Evropa mintaqasi saralash turnirida ettita o‘yinda jami 14 ta to‘p kiritib, to‘purarlar poygasida yakkapeshqadam bo‘lib turibdi.



Fikrlar