Xoland o‘z nomini tarixga muhladi
Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi 6-turidan o‘rin olgan Moldova terma jamoasi bilan o‘yinda (11:1) penta-trik qayd etib, o‘z nomini tarixga muhrladi.
U joriy asrda jahon chempionati saralashida beshta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. FIFA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu 1977 yildan beri bunday o‘yinlardagi ilk penta-trik hamdir. Bundan 48 yil muqaddam Hans Krankl Avstriya - Malta o‘yinida beshta gol urgan.
Ushbu o‘yindan so‘ng Norvegiya 15 ochko bilan "I" saralash guruhi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Norvegiya navbatdagi saralash bahsida 11 oktyabr kuni o‘z maydonida Isroilni qabul qiladi.



Fikrlar