Xoland oʻziga yangi jamoa tanladi

  • 15.04.2026 08:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti”ning norvegiyalik goleadori Erling Xoland «Barselona»ga qo‘shilishga qatʼiy qaror qilgan. Bu haqida Topskills Sports UK xabar bermoqda.

Manba maʼlumotiga koʻra, Xoland faoliyatini “Barselona”da davom ettirishni istaydi va yozda kelib tushadigan boshqa barcha takliflarni rad etish niyatida.

Hujumchi hozircha kataloniyaliklar uning transferini amalga oshira olmasligini tushunadi, shuning uchun transfer 2027 yilning yozida yuz berishiga umid qilmoqda.

Taʼkidlash joizki, “Barselona”ning ashaddiy raqibi – “Real” prezidenti Florentino Peres ham 25 yoshli to‘purarning muxlisi hisoblanadi. “Qirollik klubi” xo‘jayini oʻz jamoasi hujum chizigʻida Kilian Mbappe va Erling Xoland tandemini tashkil etishni anchadan beri orzu qilib keladi.

Joriy mavsumda Xoland barcha musobaqalarda 44 ta oʻyin oʻtkazib, 33 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.

Norvegiyalik futbolchining “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2034 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt mutaxassislari hujumchining qiymatini 200 million yevro deb baholashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!