
Xoland Ronalduga tan berdi
“Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi to‘purari Erling Xoland 38 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Ronaldu meni ilhomlantirgan asosiy futbolchi. Men uning o‘yinlarini juda ko‘p kuzatganman. “Manchester Yunayted”dagi ajoyib ishtiroki hamon yodimda.
Keyin “Real”ga o‘tdi. Madrid klubida Ronaldu hujum markazida o‘ynay boshladi. U aqlbovar qilmas gollarni urardi. Krishtianu raqib jarima maydonchasi ichida zo‘r harakatlanadi va himoyachilarni aldab o‘tishga usta edi, - dedi Erling Xoland.
Krishtianu Ronaldu jahon futbolida rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi hisoblanadi. Bundan tashqari, portugaliyalik forvard terma jamoalar miqyosida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan va eng ko‘p gol urgan o‘yinchi maqomini ushlab turibdi.
Fikrlar