
Xoland to‘xtamayapti! Futbolchi Ronalduning natijasini takrorladi
"Manchester Siti" hujumchisi Erlin Xoland APLning 9-turi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda (6:3) uchta gol urdi.
Xoland 1970 yildan buyon “Manchester Siti” futbolchisi sifatida “Manchester Yunayted” darvozasini 3 bor aniq nishonga olgan ilk futbolchi bo‘ldi. Bungcha Frensis Li buni amalga oshirgan etdi.
Norvegiyalik futbolchi uchun bu joriy mavsumdagi 3-xet-trik bo‘ldi. Shuningdek, Xoland barcha xet-triklarini o‘z maydonida kechgan bahsda amalga oshirdi va Premer liga tarixida bunday natijaga erishgan birinchi futbolchiga aylandi.
Xoland APLda xet-triklar soni bo‘yicha "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduga etib oldi. Shu bilan birga, Xolandga bu natijaga erishish uchun bor-yo‘g‘i 8 ta, Ronalduda esa 232 ta o‘yin kerak bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Erling Xoland yozgi transfer oynasida Dortmundning "Borussiya" jamoasidan "Manchester Siti"ga o‘tgan edi.
Fikrlar