Xoland va “Siti” kelisholmay qoldi

  • 06.10.2024 14:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” mutasaddilari jamoaning asosiy to‘purari Erling Xoland bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

TEAMtalk nashrining ma’lum qilishicha, tomonlar kelisha olmay qolgani uchun muzokara to‘xtadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, klub va hujumchining agentlari transfer badali bo‘yicha kelisha olmayapti. Xolandning vakillari futbolchiga 100-120 million evro badal summasi belgilashni talab qilmoqda. Bu narx grand klublarga 24 yoshli forvardni transfer qilish imkonini beradi.

“Manchester Siti” esa, avvalo Xolandni sotmoqchi emas. Agar uni transfer qilishga to‘g‘ri kelsa, 200 million evroga baholanayotgan hujumchi savdosidan mo‘may daromad ishlab olishni rejalashtiryapti. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!