Xolanddan yaxshi yangilik

  • 25.11.2023 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland Norvegiya terma jamoasi safida Farer orollari futbolchilariga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan edi.

Bungacha “shaharliklar” to‘purari Angliya Premer-ligasining 13-turida “Liverpul” bilan bo‘ladigan bahsda ishtirok etishi mavhum bo‘lib turgandi.

ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra. Erling Xoland jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgan va jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan. Xoland muhim uchrashuvda qatnashishi kutilmoqda.

23 yoshli hujumchi bir hafta davomida “Manchester Siti” tibbiyot xodimlari nazorati ostida da’volandi.

 “Manchester Siti” va “Liverpul” o‘rtasidagi bellashuv 25 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!