
Xummels faoliyatini yakunlamoqchi
Mats Xummels futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda. Bu haqda "Bild" nashri xabar berdi.
35 yoshli futbolchining "Borussiya" Dortmund bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Shu sabab yozda tajribali fulbek butsalarini mixga ilmoqchi. Uning bu qarorga kelishiga jamoadagi vaziyat ham sabab bo‘lmoqda. So‘nggi paytlarda Xummels "Borussiya"ning asosiy tarkibidan tushib qolmoqda. Germaniyalikning o‘rnida boshqa nemis futbolchilari - Niklas Zyule va Niko Shlotterbek harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mats 2019 yilda "Bavariya"dan Dortmundga qaytgandi. Bundesliganing joriy mavsumida Yulian 19 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi.
Fikrlar