Yaqin kunlar ichida "Bavariya"ga yangi hujumchi keladi
"Xoffenxaym" klubi hujumchisi Sandro Vagner yaqin kunlar ichida "Bavariya"ga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda "Xoffenxaym" bosh murabbiyi Yulian Nagelsman aytib o‘tdi.
"O‘ylaymanki, agar hamma ishlar joyida bo‘lsa yaqin 2 hafta ichida ushbu kelishuv imzolanadi", - deydi Nagelsman.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq myunxenliklar boshqaruv raisi Karl-Xaynts Rummenigge Vagner uchun katta mablag‘ sarflash niyatida emasligini aytib o‘tgan edi.
Fikrlar