Yaxshiboev tabriklarni qabul qilmoqda!

  • 29 noyabr, 2020, 20:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekistonlik legioner Jasur Yaxshiboev Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi tarkibida Belarus chempionligiga erishdi.

Hamyurtimizni tarixiy g‘alaba bilan sobiq jamoasi – “Energetik-BGU” ham tabrikladi.

"Shaxtyor"ni chempionlik unvoni bilan qutlaymiz. Bizning jamoamiz uchun ham begona bo‘lmagan Jasur Yaxshiboevni alohida tabriklaymiz!, - deyiladi "Energetik-BGU" bayonotida. 

photo_2020-11-29_19-38-32

Jasur Yaxshiboev xorijdagi faoliyatini aynan “Energetik-BGU” tarkibida boshladi. Ilk uchrashuvlardan to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilgan o‘zbek futbolchisi qisqa fursatda jamoa etakchisiga aylandi.

U “Energetik-BGU” safida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urishga erishdi. Jasurning sermahsul o‘yini Belarusning etakchi jamoalari e’tiborini tortdi. Birinchi davradan so‘ng, chempionlik uchun kurashayotgan “Shaxtyor” o‘zbek futbolchisini transfer qildi.

Jasur yangi jamoasida ham o‘zini ko‘rsata oldi. Tez orada jamoa etakchilari qatoriga qo‘shilgan hamyurtimiz soligorskliklar uchun 13 ta o‘yinda maydonga tushib, ettita gol urdi va jamoa chempionligiga munosib hissa qo‘shdi.

Jasur Yaxshiboev, chempionlik muborak!

Yaxshiboevda chempionlik uchun so‘nggi imkon. Bugun Belarus chempionati yakunlanadi

Yaxshiboevni qanday sovrin kutyapti?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!