Yildizga APLdan taklif bor

  • 5 dekabr, 2024, 16:52
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" kelajagi sifatida ko‘rilayotgan Kenan Yildizga APLning bir nechta top klublari qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi insayder Florian Plettenberg. 

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" turkiyalik vingerni o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda, Shuningdek, kurashda "Arsenal, "Liverpul" va PSJ klublari ham bor. 

Yildizning transfermarktdagi narxi 40 million evroni tashkil qiladi. Futbolchi ushbu mavsum "Yuventus" tarkibida 4 ta gol urib, 4 ta assist amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!