Yosh dzyudochilarimiz kuchli uchlikda!
Ekvadorning Guayaquil shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionatining yakkalik bahslari yakunlandi. Musobaqaning so‘nggi kunida finalgacha yetib borgan hamyurtimiz Jo‘rabek Eshpo‘latov kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Kumush medal:
-90 kg: Jo‘rabek Eshpo‘latov
Shu tariqa, dzyudochilarimiz yakkalik bahslarini 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza jami 6 ta medal bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikda yakunlashdi. Barcha g‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
Kumush medal:
-90 kg: Jo‘rabek Eshpo‘latov
Bronza medal:
-55 kg: Bobur Yusupov
-73 kg: Behruzbek Usmonov
-44 kg: Alina Kolyucheva
-48 kg: Charos Hikmatova
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar