“Yuventus” himoyachisidan ayrildi
Turinning “Yuventus” jamoasi himoyachisi Aleks Sandro “Milan”ga qarshi (1:1, 3:4-pen) Italiya Superkubogi uchun bahsda jarohat oldi.
Braziliyalik futbolchi birinchi bo‘limning o‘rtasida maydonga tark etishga majbur bo‘lgandi. Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, Sandro sonidan jarohat olgan va 2-3 hafta maydonga tusha olmaydi.
Joriy mavsumda Sandro Italiya chempionatining 17 o‘yini ishtirok etib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar