
Zidan “El-Klassiko”dan so‘ng Ronalduni qaydnomaga ham kiritmadi
Bugun Ispaniya La ligasida 34-tur o‘yinlari davom ettiriladi. “Real” safarda “Deportivo”ga qarshi bahs olib boradi. “Real” rasmiy saytining xabar berishicha, “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Zinedin Zidan mazkur bahsga 19 nafar futbolchini ro‘yhatdan o‘tqazgan.
E’tiborlisi esa bu ro‘yhatda Krishtianu Ronaldu xamda Toni Krooslarga joy tegmagan. To‘liq ro‘yhat bilan quyida tanishasiz.
Darvozabonlar: Navas, Kasilya, Yanes;
Himoyachilar: Karvaxal, Varan, Nacho, Marselo, Danilo, Texero;
Yarim himoyachilar: Xames, Kazemiro, Kovachich, Vaskes, Modrich, Asensio, Isko;
Hujumchilar: Benzema, Mariano, Morata.
Fikrlar