
Zidan Ronalduni tan olmadi
Murabbiylik faoliyati davomida faqatgina “Real”da ishlagan Zinedin Zidan o‘zining qo‘l ostida to‘p tepgan eng mohir uch nafar futbolchi qatoriga Krishtianu Ronalduni qo‘shmadi.
Frantsiyalik mutaxassis madridliklarni ikki marotaba boshqargan. 2015-2018 yillar davomidagi ilk boshqaruv davrida Zidan jamoa bilan uch bor chempionlik ligasida g‘olib chiqdi. Bu muvaffaqiyatlarda Ronalduning hissasi katta bo‘ldi.
Umuman olganda, portugaliyalik yulduz frantsiyalik murabbiy qo‘l ostida 114 ta o‘yinda 112 ta gol urgan. Zidan 2019 yili klubga qaytganida Ronaldu “Yuventus”ga o‘tib ketgan edi. Ikkinchi urinishdagi natijalar u qadar muvaffaqiyatli bo‘lmagan.
- Toni Kroos, Luka Modrich va Karim Benzema bir soat davomida to‘pni yo‘qotmay harakat qilardi va mana shuni futbol, desa bo‘ladi, - dedi Zinedin Zidan.
Tajribali mutaxassis “Real”ni boshqargan davridagi g‘alabalarda asosan Toni Kroos va Luka Modrichning maydon markazidagi ideal o‘yinining hissasi katta ekanini ta’kidlagan.
Fikrlar