Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Amir Xon Menni Pakyao bilan jang qilishni istaydi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 1

Amir Xon Saudiya Arabistonida jang o‘tkazadi.

32 yoshli sobiq yarim engil vazn toifasidagi Jahon chempioni Amir Xon, 12 iyul kuni Saudiya Arabistonida hindistonlik bokschi Neradj Goyatga qarshi jang o‘tkazadi. U o‘z o‘rnida 8 vazn toifasidagi Jahon chempioni Manni Pakyao bilan jang qilishni xohlaydi va bu o‘ziga xos jang faoliyatining yakuniy bosqichi bo‘lishini xoxlaydi.

Mashhur  "The Sun" nashri,  Amir Xonning "Menni Pakyao bilan jang qilishim  har doim muhokama qilindi. Ehtimol, bu safar biz uni tashkil qila olarmiz. Agar bu reja amalga oshsa, faoliyatimni yakunlashdagi ajoyib voqeylik bo‘lar edi” – degan so‘zlaridan iqtibos keltirib o‘tdi.

Quyida, o‘sha mashhur Amir Xonning yurtimizga o‘z salomlarini yo‘llagan video yozuvni ham e’tiboringizga xavola qilamiz.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q