"Real" Vitinyani qachon sotib olishini ma'lum qildi

  • 29.12.2025 21:17
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi PSJ yarim himoyachisi Vitinyani qachon sotib olishi ma'lum bo‘ldi. Bu haqida "Cadena SER" nashri xabar bermoqda.

Manbada yozilgan ma'lumotga ko‘ra, "qirollik klubi" Vinisius bilan xayrlashsagina, portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Braziliyalik forvard madridliklar bilan amaldagi shartnomani uzaytirishdan bosh tortsa, "qaymoqranglilar" uni kamida 100 million yevroga sotadi. Olingan mablag‘ 25 yoshli futbolchini sotib olishga yo‘naltiriladi. 

Xavbekning hozirda transfer bozoridagi narxi 110 million yevroni tashkil etadi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi. 

Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi joriy mavsum PSJ safida 30 ta uchrashuvda maydonda harakat qilib, 6 ta gol va 10 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!