Kristina Plishkova Parijga shoshmoqda?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chexiyalik tennischi Kristina Plishkova Nyurnberg shahrida davom etayotgan musobaqaning chorak final bosqichidan o‘ta olmadi.

Kristina mazkur musobaqaning 1/4 finalida shvetsiyalik Yoxanna Larssonga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan o‘yinda Yoxanna raqibini 5:7, 7:5, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa Larsson "Nürnberger Versicherungs Cup" musobaqasining yarim finalida chexiyalik Katerjina Sinyakova hamda vengriyalik Fanni Stollar uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!