Oqgul Omonmurodova bugun chorak finalda kortga chiqadi
Zohir2018
Oqgul Omonmurodova rossiyalik tennischi bilan rus sportchilariga qarshi kortga chiqadi
BAAning Dubay shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirning juftlik bahslarida Oqgul Omonmurodova chorak finalga chiqdi.
Oqgul rossiyalik Aleksandra Panova bilan juftlik hosil qilib turkiyalik Pemra O‘zgen va xorvatiyalik Ana Virjich hamkorligini 6:2, 6:0 hisobida mag‘lub etdi.
Endi, Oqgul va Aleksandra bugun yarim final yo‘llanmasi uchun rossiyalik Alyona Fomina va Valentina Ivaxnenko tandemiga qarshi kortga chiqadi.

Izohlar (0)