Jahon chempionini berib, Al’varesni olib kel!
Superklubga to‘purar kerak
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alan Smitning fikricha, Londonning «Arsenal» klubi Xulian Alvares uchun kurashga kirishishi kerak.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «kanonirlar» argentinalik forvardga o‘tgan yozdayoq qiziqish bildirgan, ammo o‘shanda transfer amalga oshmagan. Smitning ta’kidlashicha, hozirgi sharoitda «Arsenal» Martin Subimendini bitimga qo‘shish orqali muzokaralarni yengillashtirishi mumkin.
«Subimendi asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotishi mumkinligidan xavotirga tusha boshlashi tabiiy. Shuni inobatga olgan holda, uni Alvares bo‘yicha kelishuvning bir qismi sifatida ishlatish mumkin. Agar shunday almashuvni amalga oshirish imkoni tug‘ilsa, «Arsenal»ga qo‘shimcha ravishda 100 million funtdan ortiq to‘lashga to‘g‘ri kelmaydi. Bu barcha tomonlar uchun manfaatli yechim bo‘lishi mumkin», – deya Smitning so‘zlarini keltiradi DailyAFC nashri.
Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Martin Subimendining transfer qiymati 65 million evroni tashkil etadi. Xulian Alvares uchun esa shu manbada 110 million evro atrofida baholangan.
Izohlar (0)