Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

O‘zbekiston - eng yuqori saviyadagi terma jamoa!

Izohlar: 0
Latviyaning Riga shahrida boks bo‘yicha "Riga Open - 2016" xalqaro turnirida dunyoning o‘ndan ziyod mamlakatidan 150 nafarga yaqin bokschi g‘oliblik uchun kurashmoqda. Ushbu musobaqa Evropada uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan turnirdir. Bu gal 67-marotaba o‘tkazilmoqda.
Musobaqada Sirojiddin G‘ulomjonov, Abdulhay Shorahmatov, Elnur Abduraimov, Mahmud G‘oipov, Bahodir Jalolov mamlakatimiz sharafini himoya qilayotir.
Musobaqa tashkilotchisi - Latviya boks federatsiyasi prezidenti Nil Juravlyov O‘zbekiston terma jamoasini ushbu nufuzli turnirning ko‘rki deb atadi.
- Turnir qatnashchilarining barchasi kuchli tarkibga ega, - dedi Nil Juravlyov. - Lekin O‘zbekiston eng yuqori saviyali jamoa. Rio Olimpiadasida o‘zbeklar ettita medal jamg‘ardi. Uch bokschi chempion bo‘ldi. Ular Rioda eng zo‘r ekanliklarini isbotlashdi. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalarining "Riga Open - 2016"da qatnashishi turnirimizning nufuzini yanada ko‘taradi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Sirojiddin G‘ulomjonov, Elnur Abduraimov va Mahmud G‘oipov dastlabki janglarinida zafar quchdi.
Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q