20 mln dollar gonorar ham Klichkoni ringga qaytara olmaydi
Super og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko motivatsiyani yo‘qotgani uchun Entoni Joshuaga qarshi revansh jangidan voz kechganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yirik miqdordagi gonorar ham endi uni boksga qaytara olmas ekan.
Eslatib o‘taimz, aprel oyida Klichko Joshuaga qarshi ringga chiqib, 11-raundda nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan edi.
– Menda revansh jangiga chiqish uchun mingtta sabab bor va yana faoliyatimni tugatish uchun ham shuncha sabab topiladi. Ammo qaror qabul qilish vaqtida oson bo‘lmadi. Bunga bo‘lgan ishtiyoq ham oldingiday emasdi. Hattoki, 20 mln dollar meni Joshua bilan revansh jangiga chiqara olmaydi. Faqat pul bilan urushish bilan o‘zimni aldagan bo‘lardim, – deya Klichkoning so‘zlarini keltiradi Boxing Scene nashri.

Izohlar (0)