20 yoshli tennischi qiz ilk sovringa ega bo‘ldi
Xitoyning Shenchjen shahrida ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro tennis turnirida 20 yoshli Katerina Sinyakova g‘olib chiqdi.
Chexiyalik iste’dodli tennischi final uchrashuvida sakkizinchi raqamda saralangan amerikalik Elison Riske bilan bellashdi. Bir soatu 17 daqiqa davom etgan o‘yinda Katerina 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Bu sovrin Katerina Sinyakovaning faoliyatidagi dastlabkisi bo‘ldi.


Izohlar (0)