2017 yilda kim ko‘p gol kiritdi? Messimi yoki Ronaldu?
2017 yil ham asta-sekin o‘z poyoniga etib bormoqda. Shu bois, yil sarhisobini chiqaradigan vaqt ham etib keldi. Bugun biz 2017 yilda eng ko‘p gol kiritgan 10 futbolchi bilan sizlarni tanishtiramiz. Ularning orasida bir qator ko‘pchilikka yaxshi ma’lum bo‘lmagan futbolchilarni ham uchratishimiz mumkin.
10. Bas Dost (43 o‘yinda 35 gol)
Gollandiyalik forvard “Sporting” safida 43 o‘yinda 35 ta gol kiritishga erishdi. Terma jamoa safida esa Dost gol kirita olmadi.
9. Chiro Immobile (49 o‘yinda 37 gol)
Rimning “Latsio” klubi futbolchisi “burgutlar” uchun yil davomida 35 bor to‘p kiritdi. Qolgan ikki golni esa Italiya terma jamoasi safida kiritdi.
8. Per-Emerik Obameyang (45 o‘yinda 37 gol)

Obameyang “Borussiya” safida 41 bahsda 35 ta gol kiritishga erishdi. Qolgan ikki gol esa Gabon terma jamoasi safida kiritilgan.
7. Jaja Koelo (49 o‘yinda 38 gol)
Ukraining “Metallist” klubining sobiq futbolchisi Taylandning “Buriram Yunayted” klubi safida yil davomida 38 ta gol kiritdi.
6. Dragan Boshkovich (37 o‘yinda 41 gol)
Chernogoriyalik bu hujumchi esa Taylandning boshqa bir jamoasi - “Bangkok Yunayted” klubi safida 41 ta gol kiritdi. Biroq u terma jamoaga chaqirilmaydi.
5. Edinson Kavani (51 o‘yinda 45 gol)
Yil davomida Kavani PSJ safida 43 bahsda maydonga tushdi va 42 ta gol kiritdi. Qolgan ikki gol esa Urugvay terma jamoasi safida kiritilgan.
4. Krishtianu Ronaldu (51 o‘yinda 45 gol)

FIFA talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Krishtianu Ronaldu yil davomida “Real” safida 40 o‘yinda 34 ta gol kiritdi. Yana 11 gol esa Portugaliya terma jamoasi safida kiritilgan.
3. Xarri Keyn (42 o‘yinda 45 gol)
Keyn yildan-yilga “ochilib bormoqda”. U 2017 yil “Tottenxem” safida 36 bahsda maydonga tushib, 38 ta gol kiritgan bo‘lsa, Angliya terma jamoasi libosi ostida 9 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
2. Robert Levandovski (46 o‘yinda 47 gol)
Polshalik forvard “Bavariya” safida yil davomida 38 bor gol kiritdi. Buning uchun unga 40 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Qolgan 9 gol esa terma jamoa safida kiritilgan.
1. Lionel Messi (56 o‘yinda 51 gol)

Leo 2017 yil “Barselona” safida 49 bahsda maydonga tushdi va 47 bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Argentina terma jamoasi safida esa 4 bor gol kiritishga erishdi.
Shahzod Xolboev tayyorladi
Manba: Football.ua


Izohlar (0)