40 yoshli Modrich "Milan"da qolishni istamoqda
Luka Modrich «Milan» bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor, tomonlar hamkorlikni davom ettirish shartlarini muhokama qilmoqda.
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich Italiya ning "Milan" klubida faoliyatini davom ettirish istagini bildirib, jamoa bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor ekani aytilmoqda.
Manbalarga ko‘ra, 40 yoshli futbolchi bilan amalda bo‘lgan shartnomani 2026/27 yilgi mavsumgacha uzaytirish imkonini beruvchi band 2026 yil 30 iyunda kuchini yo‘qotgan. Shu bilan birga, ham klub, ham futbolchi hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor. Hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan: tomonlar yangi bitim shartlarini muhokama qilmoqda. Shuningdek, xabar qilinishicha, Modrich uchun eng ustuvor variant hozircha aynan "Milan" bo‘lib qolmoqda. Modrich "Milan" safiga 2025 yil iyul oyida qo‘shilgan. U klub tarkibida barcha musobaqalar doirasida 37 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan va 3 ta golli pas bergan.
Modrich Xorvatiya terma jamoasi bilan jahon chempionati‑2026 musobaqasida ham ishtirok etdi. Xorvatiya terma jamoasi 1/16 finalgacha yetib bordi, ammo ushbu bosqichda Portugaliya terma jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Izohlar (0)