53 yoshli Tayson: Xohlaganing bilan ringga chiqaman

  • 22 may, 2020, 21:29
  • 0
  • Boks

Professional boksda o‘z vaqtida mutlaq jahon chempioni bo‘lgan Mayk Tayson yana ringga chiqishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ko‘p xabarlar tarqatilmoqda.

Mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan 53 yoshli bokschi raqiblardan chorlov kutayotganini ma’lum qildi.

- Men o‘zimni yaxshi his qilyapman. Nimalarga qodirligimni ko‘rsataman. Kelajakka umid bilan qarayapman. Qani kim meni ringga chaqiradi? Men xohlagan odam bilan jang qilaman, - dedi Mayk Tayson.

Mayk Tayson jahon bo‘ylab sayohat uyushtirish va saqar davomida turli taniqli sportchilar bilan ko‘rgazmali jang o‘tkazishni reja qilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!