Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

 APL: 6-o‘rinni hech kimga bergisi kelmayotgan «MYu»

Izohlar: 0


6-o‘rindan yuqoriroqqa ko‘tarilish uchun bundan ko‘ra qulay imkoniyat yo‘qdek edi go‘yo, biroq amalda bu o‘ta mushkul vazifa bo‘lib chiqdi. APL 27-turidan o‘rin olgan baxsda «MYu» o‘z maydonida «Bornmut»ni qabul qildi. O‘rtamiyona jamoa bo‘lmish «Bornmut»ga qarshi baxslar statistikasiga ko‘ra oxirgi 5 uchrashuv «MYu» g‘alabasi bilan yakun topgan va ushbu o‘yinlardagi gollar bo‘yicha hisob 15-1 albatta «MYu» foydasiga edi. Xullas, osongina 3 ochkoni taqdim qilishi lozim bo‘lgan uchrashuvda «MYu» ko‘proq o‘ziga o‘zi xalaqit berdi desak to‘g‘riroq bular. Chunki, o‘tgan xaftada Liga kubogini qo‘lgan kiritgan jamoa menimcha keragidan ortiqroq xursand bo‘lib yuborgandek ko‘rindi va raqibiga etarlicha baho bera olmadi.

Albatta, Sautgemptondek jamoani mag‘lub etgandan so‘ng Eddi Xau jamoasi nima ham qila olardi deyish mantiqan to‘g‘ri bo‘lsada, o‘yin kutilgan natijani bermadi. Roxo ning golidan so‘ng xammasi joyida edi deyish mumkindir, ammo «MYu» futbolchilari biroz erkinlikka yo‘l qo‘yishdi. «Bornmut» ximoyachisi Tayron Mingz esa «MYu» to‘purari bo‘lmish kimsan Zlatan “Shvetsiya qiroli”  Ibragimovichni o‘yindan chiqara oldi va uchrashuv so‘nggigacha Zlatan o‘zini qo‘lga ola bilmadi. Urilmagan penalti bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Shu o‘rinda, ba’zida bo‘lsa ham Zlatanni almashtirib turish kerak degan fikrni aytib o‘tmay iloji yo‘q. Eki bo‘lmasa barcha to‘p uzatishlar faqatgina Ibraga yo‘naltirilishi borasida alternativ taktika qo‘llashni jamoa ustozi o‘ylab ko‘rishi lozim.

  Umuman olganda jamoa xujumlari ko‘p sonli bo‘lsada havfdan yiroq bo‘ldi, ularda oz bo‘lsada noananaviylik bo‘lganda xech yo‘q yana bitta golga tortatidan vaziyat yuzaga kelarmidi. Yana shunga e’tibor qaratish lozimki, bir kishi kam qolgach «Bornmut» asosiy e’tiborni ximoyaga qaratdi va Maurinoga qarshi uning “avtobusini” qo‘lladi. O‘yinda arab futboliga xos vaziyatlarning bir necha bor yuz bergani esa APL uchun xayron qolarli voqea ekanligi va ayniqsa biz o‘zbek futbol muxlislariga umuman yoqmasigini aytib o‘tamiz xolos.

  Shunday qilib «MYu» ushbu turda jadvalda yuqorida borayotgan “Liverpul” va “Arsenal”ning o‘zaro uchrashuvidan foydalana olmadi. G‘alaba natijasida 5-o‘ringa ko‘tarilishi mumkin bo‘lsada o‘zining “sevimli 6-o‘rnini” xech kimga bergisi kelmadi. Shu o‘rinda  “Arsenal” muxlislariga xavas qilish mumkinligi aytib o‘tish kerak, chunki “Arsenal” xar qalay 2 pog‘ona yuqoriroqni ya’ni 4-o‘rinni “o‘ziniki” qilib olgan. Yana xammasini vaqt, to‘g‘rirog‘i qolgan turlar ko‘rsatadi, eng qiziqarlisi xali oldinda.

Shuhrat Tursunov

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q