APLda eng uzoq davom etgan g‘alabali seriyalar

  • 16 dekabr, 2016, 09:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Antonio Konte boshqaruvidagi “Chelsi” jamoasi APLda mana ketma-ket 10 ta o‘yindirki yo‘lida uchragan raqibini “tiz cho‘ktirib” kelmoqda va Yangi yilga peshqadam sifatida yo‘l olmoqda. Shu munosabat bilan biz APLdagi eng uzun g‘alabali seriyalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Tecno

“Arsenal” (fevral – avgust 2002 yil) – ketma-ket 14 ta o‘yindan iborat g‘alabali seriya

Arsenal

APL tarixidagi eng uzun g‘alabali seriya Arsen Venger jamoasiga tegishlidir. Bu hodisa 2001/01 va 2002/03 yilgi mavsumlarda sodir bo‘lgan. Umuman “to‘pchilar” o‘sha mavsum chempionatni mag‘lubiyatsiz yakunlaganini yoshi katta muxlislar yaxshi eslashadi.

“Manchester Yunayted” (mart – avgust 2000 yil) – 12 ta

Yangi asr boshida ingliz futboli grandlari ikkita edi – “Arsenal” va “MYu”. Shu bois bu boradagi ikkinchi yaxshi natija aynan “qizil iblislar”ga tegishli ekanligi bejiz emas. 1999/2000 yilgi mavsum so‘nggida Fergyuson shogirdlari ketma-ket 11 ta o‘yinda g‘alaba qozonishadi va chempionlik masalasini ancha oldin hal etishadi xamda ikkinchi pog‘onadagi “Arsenal”ni 18 ochkoga ortda qoldirishadi. Yangi mavsumning ilk turida ham bu seriya davom etadi. Biroq ikkinchi turda “Ipsvich” bilan durang o‘ynagan “MYu” 6 oy ichida ilk bor ochko yo‘qotadi.

“Chelsi” (aprel-sentyabr 2009) – 11 ta

Gus Xiddinkning “Stemford Brij”ga ilk tashrifi Angliya kubogi va APL chempionligining qo‘lga kiritilishi bilan yakun topgan edi. O‘shanda gollandiyalik mutaxassis boshqaruvidagi jamoa mavsum yakunida “Vest Xem”, “Fulxem”, “Arsenal”, “Blekbern” va “Sanderlend” kabi klublarni mag‘lub etishning uddasidan chiqqan edi. Uning o‘rniga kelgan Karlo Anchelotti esa bu seriyani yana 6 o‘yinga qadar ko‘paytirdi.  Biroq “aristokratlar”ning mazkur seriyasiga Roberto Martines boshqaruvidagi “Uigan” jamoasi nuqta qo‘ygan edi. E’tiborlisi, Konte shogirdlari yana bitta o‘yinda g‘alaba qozonishni uddalasalar o‘zlarining ushbu rekordini takrorlagan bo‘ladilar.

“Manchester Yunayted” (dekabr 2008 yil – mart 2009 yil) – 11 ta

Ketma-ket 11 ta o‘yindan iborat yana bir g‘alabali seriya va yana “MYu”. Faqat bu mavsum Fergyuson jamoasiga “Arsenal” emas, balki Rafa Benites boshliq “Liverpul” raqiblik qiladi. Qizig‘i, mazkur seriyaga aynan “qizillar” nuqta qo‘ygan edi. Biroq bu mag‘lubiyat “qizil iblislar”ning chempion bo‘lishiga halal bermagan.

“Liverpul” (fevral – aprel 2014 yil) – 11 ta

Luis Suares - Liverpool 0 - 2 Chelsea

Uch yil burun Luis Suares etakchiligida “Liverpul” chempionlik uchun chinakam “jang” olib brogan edi. Fevraldan to aprel oyiga qadar Brendan Rojers jamoasi 33 ochkolik imkoniyatdan 33 ochko olgan edilar. O‘sha 11 o‘yinda “qizillar” raqiblar darvozasiga 38 bor yo‘l topa bilgan. Shunday bo‘lsada, Joze Mourino “Enfild”dan g‘alaba bilan qaytib, “Liverpul”ning seriyasiga barham beradi. O‘sha mavsum yakunida esa chempionlik “Manchester Siti”ga nasib etgan.

“Manchester Siti” (aprel – sentyabr 2015 yil) – 11 ta

11 ta o‘yindan iborat g‘alabali seriyalarning yana birini Manuel Pellegrini boshchiligidagi “shaharlik” futbolchilar qayd etishgan edilar. Ular 2014/15 mavsum ohiri va 2015/16 mavsum boshida mos ravishda ketma-ket 6 va 5 ta o‘yinda zafar quchadilar, biroq har ikki safar ham chempion bo‘lishning uddasidan chiqa bilmaydilar.

Antonio Konte - Chelsea

Ma’lumot uchun: Yuqorida “Chelsi”da g‘alabali o‘yinlar soni 10 taga etgani haqida gapirgan edik. “Aristokratlar”ning keyingi o‘yini “Kristal Pelas”ga qarshi o‘tadi. “Selxerst Park” stadionidagi mazkur o‘yindan so‘ng Konte jamoasi o‘z maydonida “Bornmut” hamda “Stok Siti”ni qabul qilsa, shundan so‘ng mehmonda “Tottenxem” hamda “Lester” bilan o‘zaro hisob-kitob qiladi. “Shporlar”ga qarshi bahsgacha “Chelsi” o‘zining g‘alabalari sonini 13 taga etkazib olishi mumkindir, ammo qolgan ikki o‘yinda Konte jamoasiga oson bo‘lmasligi aniq.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!