Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

ATP reytingida hamyurtlarimiz pastga sho‘ng‘idi

Izohlar: 0

Professional tennischilar uyushmasi - ATR jahon tennischilarining yangi reyting jadvalini e’lon qildi.

O‘zbekistonning eng kuchli raketka ustasi Denis Istomin yangi ro‘yxatda bir pog‘ona pastlab, bu gal 71-qatordan joy oldi.

Sanjar Fayziev ham bu galgi reytingda 4 pog‘ona pastladi va 265-qatordan joy oldi.

Jahon reytingida hamon Buyuk Britaniya vakili Endi Marrey peshqadamlik qilmoqda. Kuchli uchlikdan serbiyalik Novak Jokovich va shveytsariyalik Stanislav Vavrinka o‘rin olgan. Umuman olganda top-10 talikda hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi.

ATP  reytingi. 3 iyul

1 (1). Endi Marrey (Buyuk Britaniya) – 9390 ochko.

2 (2). Rafael Nadal (Ispaniya) – 7285.

3 (3). Sten Vavrinka (Shveytsariya) – 6175.

4 (4). Novak Djokovich (Serbiya) – 6055.

5 (5). Rodjer Federer (Shveytsariya) – 5265.

6 (6). Marin Chilich (Xorvatiya) – 4235.

7 (7). Milosh Raonich (Kanada) – 4150.

8 (8). Dominik Tim (Avstriya) — 3895.

9 (9). Key Nisikori (Yaponiya) – 3830.

10 (10). Jo-Vilfrid Tsonga (Frantsiya) — 3075.

…

71 (70). Denis Istomin(O‘zbekiston) - 704

265 (261). Sanjar Fayziev(O‘zbekiston) – 198.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q