Abdumalik Xalokov jahon chempionatining finalida

  • 28 avgust, 2018, 23:03
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Budapesht shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida yarim final janglari o‘tkazildi.

Chempionatning vazni 56 kg bo‘lgan bokschilar o‘rtasida o‘tgan bellashuvlarda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Abdumalik Xalokov yarim finalda filippinlik Kristian Laurentni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Afsuski, 75 kg vaznda Navo Tamazov qozog‘istonlik Nurbek Oralbayga, -91 kgda Javohir Tog‘aymurodov rossiyalik Igor Federovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa yosh bokschilarimizdan Navo va Javohir jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!