Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Afsonaviy Federer rekord o‘rnatdi

Izohlar: 0

Ushbu haftada shveytsariyalik afsonaviy tennischi Rodjer Federer ajoyib rekord o‘rnatdi. Gap shundaki, u Professional Tennischilar Assotsiyatsiyasi(ATP) tomonidan tuziladigan reytingda mana 734-haftadirki, Top-10 talikdan joy olmoqda.

U bu borada 733 hafta ATP reytingi Top-10 ligida yurgan Andre Agassini ortda qoldirdi.

Bu borada 3-o‘rinda Rafael Nadal bormoqda. Ispaniyalik raketka ustasi 603 hafta jahonning eng kuchli 10 raketka ustasidan biri sifatida e’tirof etilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q