
Agneshka erkin nafas ola boshladi
Xitoyning Shenchjen shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirning birinchi davrasida mezbonlar vakilasini zo‘rg‘a mag‘lub etgan birinchi raqamli ishtirokchi - Agneshka Radvanska endi erkin o‘ynay boshladi.
Polshalik mashhur tennischi ikkinchi davrada ruminiyalik Sorana Kirstya ustidan tezkor g‘alabaga erishdi. Uchrashuvda hujumkor o‘yin ko‘rsatgan Agneshka 6:0, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Ikkinchi davraning hozirgacha yakunlangan uchrashuvlarida qu yidagi natijalar qayd etildi:
Van Tsyan (Xitoy) — Monika Nikulesku (Ruminiya, 7) 7:6 6:4
Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya, 3) — Vanya King (AQSh) 1:6 6:3 6:2
Elison Riske (AQSh, 8) — Tsvetana Pironkova (Bolgariya) 6:1 6:1
Fikrlar