Asosiy mazmunga oʻtish
Yakkakurashlar

Alpomish 51 soniyada raqibini nokautga uchratdi

Shahobiddin
Izohlar: 0

AQShda faoliyat yuritib kelayotgan aralash jang san’atlari (MMA) ustasi o‘zbekistonlik Murodbek Choriev (laqabi - Alpomish) o‘zining navbatdagi ikkinchi jangini muddatidan oldin yakunlashga erishdi.

Missuri shtatining Sent Lyuis shahridagi “River City Casino & Hotel” arenasida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda sportchimizga amerikalik Antoni Oden raqiblik qildi, biroq muxlislar mazkur bellashuvni 51 soniya kuzatishdi xolos. Jangni faol boshlagan Murodbekning ketma-ket zarbalaridan so‘ng hakam jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Alpomish aprel oyida MMAda debyut qilib, bu turnirni g‘alaba bilan boshlagan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q