Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Amir Xan otasining xizmatidan voz kechdi

Izohlar: 0

Britaniyalik mashhur bokschi Amir Xan bundan buyon otasi Shoh va amakisi Tohir uning jamoasidan ishlamasligini ma’lum qildi.

Professional ringda qator yutuqlarni qo‘lga kiritgan Amir Xan o‘z qarorini quyidagicha izohladi.

- Endi otam mening janglarimni tashkil etish va muzokaralar o‘tkazishda ishtirok etmaydi, - dedi Amir Xan. - Albatta, men ota-onamni yaxshi ko‘raman va hurmat qilaman. Lekin shaxsiy hayot bilan biznesni aralashtirib bo‘lmaydi. Bu ayrim muammolarni keltirib chiqaradi. Mening janglarni tashkil qiladigan o‘z jamoam bor. Keyingi jangimga ota-onamni ham taklif qilaman.

Amir Xan professional boksda 31 ta jangda g‘alaba qozongan va 19 ta nokaut qayd etgan. To‘rt marotaba mag‘lubiyatga uchragan.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q