Anderson Silva diskvalifakatsiyaga uchradi
Мирзосолих Атаев
AQSh dopingga qarshi agentligi USADA UFC sobiq chempioni Anderson Silvani bir yilga chetlatdi. Bunga sabab, Silva o‘tgan yil 10 noyabr kuni topshirgan doping-testdan muvaffaqiyatli o‘tolmagan.
Jangchining qoni tarkibida metoblitlar (metiltestosteron va gidroxlortiziad) aniqlangan. Shuni aytib o‘tish joizki, kommisiya ushbu moddalar Silvaning qoniga sportchining ixtiyoriga qarshi singanini e’lon qilishdi. Katta ehtimol bilan bu moddalar dorixonada sotib olingan oziq-ovqat qo‘shimchalari tarkibida bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 43 yoshli jangchi joriy yilning 10 noyabr kuni UFCga qaytishi mumkin.


Izohlar (0)