Andre Uord faoliyatini yakunladi
33 yoshli amerikalik bokschi Andre Uord bugun professional boksni tark etganini ma’lum qildi.
– Boks, men seni yaxshi ko‘raman. Sen bilan 10 yil davomida birga bo‘ldik. Menga ko‘p narsani o‘rgatding. Men ko‘p narsani “qurbon qildim”, biroq sen menga undan ko‘prog‘ini taqdim qilding. Sen meni chempion qilding va oilamga g‘amxo‘rlik qilishda yordam berding. Bundan har doim minnatdorman. Bugun bu sportni tark etar ekanman, har doim orzu qilib kelgan cho‘qqidaman.Biz buni uddaladik. Bu sayohatim davomida ishtirok etgan barchaga raxmat. Sizlarsiz men buni qila olmagan bo‘lardim. Shuni aytgan bo‘lardimki, organizmim bu sportning mashaqqatini ko‘tara olmay qoldi va ortiq urushishni istamayman, – deydi Andre Uord.


Izohlar (0)