Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Arina Sobolenko chorak finalga yo‘l oldi

Zohir2018
Izohlar: 0

"St.Petersburg Ladies Trophy" ikkinchi davra bahslari davom etmoqda

Belaruslik Arina Sobolenko va belgiyalik Alison van Uytvank "St.Petersburg Ladies Trophy" turnirining chorak final yo‘llanmasi uchun o‘zaro raqobatlashdi.

Sankt-Peterburg shahridagi musobaqaning ikkinchi davrasidan joy olgan mazkur uchrashuvda Arinaning qo‘li 6:1, 6:4 hisobida baland keldi.

Endi Sobolenko musobaqaning yarim final yo‘llanmasi uchun rossiyalik Ekaterina Aleksandrovaga qarshi kortga chiqadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q