Asosiy mazmunga oʻtish
Yakkakurashlar

At Termiziy-2017: Turkmaniston terma jamoasi Toshkentga etib keldi

Izohlar: 0

Xabaringiz bor 26-29 may kunlari Termiz shahrida Kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun  Al Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Umumiy sovrin jamg‘armasi 56 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaga dunyoning 51 mamlakatidan 160 ga yaqin ishtirokchilar kelishi kutilmoqda.

Musobaqaga reglamentiga asosan har bir davlat 73, 90 va mutloq vazn toifalarida 10 nafargacha kurashchi qatnashtirish huquqiga ega.

Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining SPORTS.uz ga ma’lum qilishicha bugun ushbu musobaqada ishtirok etish uchun Turkmaniston terma jamoasi delegatsiyasi yurtimizga etib kelgan. Ushbu delegatsiya tarkibidan esa 17 nafar polvon o‘rin egallagan. Shuningdek, assotsiatsiyaning bizga xabar berishicha, ertaga Afrikadan Kongo terma jamoasining yurtimizga etib kelishi kutilmoqda.

Qayd etish joiz, ushbu musobaqada ishtirok etuvchi barcha terma jamoalar 25 mayga qadar mamlakatimizga etib kelishadi. Yurtimizga etib kelgan terma jamoalar esa dushanba kunidan Tokent shahrida mashg‘ulotlarga kirishadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q